Bugun 31 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Ryutte: Moskva va Pekin birgalikda G‘arbni bosim ostida ushlamoqchi

Ryutte: Moskva va Pekin birgalikda G‘arbni bosim ostida ushlamoqchi

NATOning yangi Bosh kotibi Mark Ryutte The New York Times nashriga bergan intervyusida Xitoy Tayvanga hujum qilsa, bu harakat oldidan Si Szinpin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan kelishib olishi mumkinligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Pekin Moskvadan Yevropada tinchlikni buzish va NATO e’tiborini chalg‘itishni so‘raydi.

“Agar Si Szinpin Tayvanga hujum qilishga qaror qilsa, u avval Moskvaga qo‘ng‘iroq qiladi va Putinga: ‘Men bu ishni qilaman, sen esa Yevropadagi kuchlarni chalg‘it’ deydi”, — dedi Ryutte.

Ryuttega ko‘ra, bunaqa ssenariyning oldini olish uchun NATO o‘z pozisiyalarini mustahkamlashi va Indo-Tinch okeani mintaqasidagi sheriklar bilan aloqalarni kuchaytirishi zarur. U AQSh NATO mudofaasining kalit elementi bo‘lib qolishini ta’kidladi.

“Agar Atlantika, Yevropa va Arktika xavfsiz bo‘lmasa, AQSh ham xavfsiz emas”, — deya qo‘shimcha qildi NATO rahbari.


Putin Xitoy rahbari bilan yaqin munosabatda ekanini bir necha bor ta’kidlagan. 2024 yil dekabrida uni «do‘stim» deb atagan va Moskva-Pekin munosabatlari xalqaro maydonda deyarli har doim muvofiqlashtirib borilishini aytgan.

2025 yil iyunida Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida Putin:

“Rossiya va Xitoy hech kimga qarshi emas. Bu tabiiy sheriklik”, — dedi.

Shuningdek, u Rossiya NATOga hujum qilishni xohlayapti degan g‘oyani “bema’ni gaplar” deb atagan:

“Rossiya NATOga hujum qilmoqchi deyish — aqlsizlik. Sizlar aqldan ozganmisizlar? Butunlay ahmoqmisizlar?” — degan edi u.


Financial Times manbalariga ko‘ra, Xitoy armiyasi 2025 yil may oyida har qanday paytda harakatga o‘tishi mumkin. Xitoy Tayvanni qurshab olish mashqlarini o‘tkazgan, havo kuchlari, dengiz piyoda askarlari va reaktiv artilleriya tizimlarini joylashtirgan.

Kiritildi: 14:08 06.07.2025. O'qildi: 814 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!