Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Ro‘zador fermerlarni suv ichishga majburlagani aytilgan Koson hokimi ustidan Bosh prokuraturaga shikoyat qilindi

Ro‘zador fermerlarni suv ichishga majburlagani aytilgan Koson hokimi ustidan Bosh prokuraturaga shikoyat qilindi

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Koson tumani hokimi Asrol Boyqorayevning majlisda ro‘zador fermerlarni suv ichishga majburlagani aytilgan ortidan Bosh prokuraturaga murojaat qildi.

Huquq faoli Abdurahmon Tashanov o‘zining Facebook`dagi sahifasida 31 mart kuni soat 15:00 atrofida majlis chaqirgan tuman hokim qishloq xo‘jaligidagi muammolar haqida g‘azab bilan nutq so‘zlagani, so‘ng majlis zaliga suv keltirishni buyurib, «senlar ro‘za tutvolib, sipo bo‘lib yurasanlar, ishni kim qiladi» deya ro‘zadorlarni suv ichishga majbur qilgani haqida yozgandi.

Holat bo‘yicha kengash raisi o‘rinbosari Zafar Mustafaqulov Bosh prokuraturaga murojaat xati yo‘lladi. Unda dastlab Konstitusiyaning 31-moddasi hamda Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunning 4-moddasi eslab o‘tilgan.

asrol boyqorayev, bosh prokuratura, koson tumani hokimi, fermerlar kengashi

«Mamlakatimizda Konstitusiyaga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilayotgan siyosiy jarayonlar paytida Koson tumani hokimining yuqoridagi xatti-harakatlari ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarning keng e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda», — deyiladi xatda.

Shuningdek, yuqoridagilarni inobatga olib hokimning xatti-harakatlari yuzasidan prokuror nazorati hujjati qo‘llash masalasini ko‘rib chiqilishida amaliy yordam berish so‘ralgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga xat kelib tushganini tasdiqlab, hozirda o‘rganish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 12:36 03.04.2023. O'qildi: 2633 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!