Bugun 31 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

BMT yaqin orada bankrot bo‘lishi mumkin

BMT yaqin orada bankrot bo‘lishi mumkin

AQSh va Xitoy tashkilot ustidan nazorat o‘rnatishga kurashib, unga to‘lovlarni to‘xtatib qo‘ydi, deb yozmoqda The Wall Street Journal.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Vashington BMTga milliardlab dollarlik badalni to‘lamagan, shuningdek, uning o‘ndan ortiq dastur va muassasalari, jumladan, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan chiqdi. Qo‘shma Shtatlarning BMT oldidagi qarzdorligi 4 milliard dollardan oshadi.

Xitoy esa BMTga 445 million dollar qarzdor. WSJ ta’kidlashicha, BMTning asosiy mablag‘larining deyarli yarmi (42%) ushbu ikki davlatdan keladi.

Xitoy esa o‘z navbatida to‘lovlarni kechiktirib, tashkilotdagi inqirozni yanada chuqurlashtirdi.

Xitoy moliyaviy majburiyatlarini bajarishga va’da bermoqda. AQShda esa kelajakdagi moliyaviy qo‘llab-quvvatlash xarajatlarni qisqartirishga intilmoqda.

Gazetaning qayd etishicha, tashkilotning boshqa an’anaviy donorlari ham Buyuk Britaniya va Germaniyadagi qattiq iqtisodiy siyosat, shuningdek, Shvesiya va Niderlandiyadagi siyosiy o‘zgarishlar tufayli BMTning gumanitar dasturlarini moliyalashtirishni qisqartirmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:55. O'qildi: 371 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!