Ukraina dronlari Taganrogdagi harbiy aerodromga hujum qilib, ikkita Tu-142 samolyoti va "Iskander" raketa majmuasini yo‘q qildi, deb bayonot bermoqda UQK dron tizimlari kuchlari qo‘mondoni Robert Brovdi.
Rossiya tomoni aerodromga qilingan hujum haqida xabar bermadi.
Rostov viloyati rahbari Yuriy Slyusar Kiyev dronlari zarbasi natijasida portda tanker va yoqilg‘i omborlari yonib ketganini, xususiy uyga dron tushishi oqibatida esa ikki kishi jarohatlanganini ma’lum qilgan edi. Taganrog meri Svetlana Kambulovaning aniqlik kiritishicha, portda "yuk ortish infratuzilmasi va ma’muriy bino shikastlangan".
Shu bilan birga, Ukrainaning "Exilenova+" OSINT-loyihasi hujum paytida portlash ovozlari shaharning deyarli barcha tumanlarida eshitilganini yozdi. Ushbu hujum fonida Taganrog hukumati Ukraina Qurolli Kuchlarining hujumlaridan keyin 27 may kuni joriy etilgan favqulodda holat rejimini kengaytirdi, deyiladi xabarda.