Bugun 3 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rubio: Falastin davlatini Isroil roziligisiz yaratib bo‘lmaydi

Rubio: Falastin davlatini Isroil roziligisiz yaratib bo‘lmaydi

AQSh davlat kotibi Marko Rubio Yevropaning bir qator davlatlari tomonidan Falastinni tan olish qarorini keskin tanqid qildi va bu kabi qadamlar amaliy ahamiyatga ega emasligini hamda faqat mojaroni kuchaytirishga xizmat qilishini bildirdi.

Fox Radio efirida chiqish qilgan Rubio ta’kidlashicha, Falastin davlati Isroil roziligisiz yaratilishi mumkin emas.

«Bu hech qanday ma’noga ega emas. Bu davlatlarning hech biri Falastin davlatini yaratib qo‘ya olmaydi. Ular hatto bu davlat qayerda bo‘lishini yoki uni kim boshqarishini aniq ayta olmaydi. En asosiysi — bunday davlat Isroil roziligisiz paydo bo‘la olmaydi», — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi sharoitda Falastinni tan olish XAMAS pozisiyalarini mustahkamlaydi.

«Tasavvur qiling, siz — XAMASsiz. Qo‘lingizda 20 nafar garovdagi odam bor. 7 oktyabrda o‘ldirilgan 50 dan ortiq odamning jasadini saqlayapsiz. Yer ostida, qo‘rqoqdek tunnelda o‘tirib, davlatlar Falastinni tan olayotgani haqida o‘qiysiz. Bu — siz uchun mukofot emasmi?» — dedi Rubio.

U shuningdek, XAMASni o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni buzganlikda aybladi va Buyuk Britaniyani tanqid qildi. Britaniya Isroil to‘xtatmas ekan, sentyabrgacha Falastinni tan olishini va’da qilgan edi.

«Agar men XAMAS bo‘lsam, shunday derdim: kelishuvga imzo qo‘ymang. Agar rad etsak, sentyabrda Falastin davlatini tan olish kafolatlanadi. Va ular aynan shunday yo‘l tutadi», — dedi u.

Davlat kotibining fikricha, Falastinni tan olish siyosiy ichki maqsadlar bilan bog‘liq, lekin amalda muzokaralarga faqat zarar yetkazadi.

«Bu qadamlar muammoni hal qilmaydi. Aksincha, XAMAS uchun tinchlik kelishuvini rad etish va garovdagilarni ozod qilmaslik uchun yana bir bahona yaratadi», — deya xulosa qildi Rubio.

31 iyul kuni 15 davlatning tashqi ishlar vazirlari BMT Bosh Assambleyasida Falastin davlatini tan olishga chaqiruvchi qo‘shma bayonotni imzoladi.

Shuningdek, Portugaliya ham bunday qadamni ko‘rib chiqmoqda. Bundan avval Fransiya "Katta yettilik" davlatlari orasida birinchi bo‘lib Falastinni tan olish niyati borligini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 15:31 01.08.2025. O'qildi: 642 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!