Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rubio: Eron bilan muzokaralarning ikkinchi bosqichi 30–90 kun davom etishi mumkin

Rubio: Eron bilan muzokaralarning ikkinchi bosqichi 30–90 kun davom etishi mumkin

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Eron o‘z yadroviy dasturining ayrim jihatlarini Vashington bilan muhokama qilishga rozi bo‘lganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralarning asosiy shartlaridan biri Eron tomonidan Hurmuz bo‘g‘ozining ochiq saqlanishidir.

Marko Rubio Senatning tashqi aloqalar qo‘mitasidagi eshituvda muzokaralarning ikkinchi bosqichi 30 kundan 90 kungacha davom etishi mumkinligini bildirdi.

«Bu juda texnik masalalar. Ularni besh kunda hal qilib bo‘lmaydi. Tafsilotlarni kelishib olish uchun mutaxassislar 30, 60 yoki 90 kun davomida ish olib borishiga to‘g‘ri keladi», — dedi u.

Davlat kotibining ta’kidlashicha, ikkinchi bosqich muzokaralar asosan yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralarini yo‘q qilish masalasiga bag‘ishlanadi.

Shuningdek, Rubio AQSh Eronga faqat Hurmuz bo‘g‘ozini ochish evaziga sanksiyalarni bekor qilishni taklif qilayotgani haqidagi fikrlarni rad etdi.

«Eron yadroviy faoliyati sababli sanksiyalar ostida qolmoqda. Agar ular bu faoliyatdan voz kechishga rozi bo‘lsa, sanksiyalarni yengillashtirish ularning majburiyatlarga rioya qilishiga bog‘liq bo‘ladi», — dedi u.

Kiritildi: 22:34 02.06.2026. O'qildi: 153 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!