AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vaziri Kaja Kallas bilan suhbat chog‘ida Bryussel Rossiyaga qarshi sanksiyani uzaytirishini ma’qullagan.
– Kotib Yevropa Ittifoqining Rossiyaga nisbatan sanksiyani uzaytirish qarorini olqishlaydi, – deyilgan Davlat departamenti bayonotida. – Tomonlar muzokara chog‘ida umumiy ustuvorlik bo‘yicha AQSh va YEI hamkorligini chuqurlashtirish yo‘llarini muhokama qildi.
Rubio, shuningdek, Kallasni Yevropa mudofaa xarajatini oshirishga chaqirib, transatlantik xavfsizlikni mustahkamlash zarurligini ta’kidlagan. Bu bilan Xitoydan kelayotgan tahdidga ishora qilgan.