Shanbaga o‘tar kechasi Rossiyaning Ukrainaning Zaporojye viloyatiga uyushtirgan hujumi natijasida jarohat olganlar soni 34 kishiga yetdi.
Bu haqda Zaporojye shahar kengashi kotibi Regina Xarchenko ma’lum qildi.
"Shanba kuni soat 19:00 holatiga ko‘ra, yirik hujum qurbonlari soni 34 kishiga yetdi", — deb yozdi u Telegram-kanalida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tugatish ishlari davom etmoqda. Kommunal xizmatlar allaqachon 100 tonnadan ortiq chiqindini olib chiqib ketishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya shanbaga o‘tar kechasi Zaporejyeda eng yirik zarbani amalga oshirib, mintaqadagi 15 aholi punktiga 613 ta zarba bergani xabar qilingandi. O‘shanda bir kishi halok bo‘lgani va 21 kishi yaralangani haqida gap ketgan edi.