Bugun 26 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Dron yigit" AQSh mudofaa vaziri lavozimini egallashi mumkin

"Dron yigit" AQSh mudofaa vaziri lavozimini egallashi mumkin

AQSh armiya vaziri Deniyel Driskoll Pit Xegset o‘rniga AQSh mudofaa vaziri lavozimini egallashi mumkin.

CNN ma’lumotlariga ko‘ra, Driskollning Ukrainadagi urushni tugatish harakatlaridagi "g‘ayrioddiy roli" u Pentagon rahbari lavozimida "oxir-oqibat Pit Xegsetning o‘rnini egallashi" haqidagi taxminlarni yana bir bor kuchaytirdi.

CNNning ta’kidlashicha, ushbu ssenariy AQSh ma’muriyatida bir necha oy davomida jimgina muhokama qilinmoqda.

Qayd etilishicha, Tramp Driskollga xayrixoh va muntazam ravishda Ukraina inqirozini hal qilish choralari haqida uning fikrini so‘raydi. Amerika rahbari, shuningdek, Driskollni "dron yigit" deb ataydi, chunki u boshqa narsalar qatori AQSh armiyasida uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqishni nazorat qiladi.

Driskoll avvalroq Kiyevga tashrif buyurgan va u yerda Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashgan va Jenevada AQSH-Ukraina muzokaralarida ishtirok etgan.

Kiritildi: Bugun 11:30. O'qildi: 433 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!