The Economist tadqiqotiga ko‘ra, Rossiya armiyasining halok bo‘lgan va yaralangan harbiylari soni 1,4 milliondan 2,1 million nafargacha baholanmoqda. Shundan 374 mingdan 770 ming nafargachasi halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Bu nashrning avvalgi baholaridan ancha yuqori. 2026 yil may oyida halok bo‘lganlar soni 280–518 ming, umumiy yo‘qotishlar esa 1,1–1,5 million nafar deb ko‘rsatilgan edi.
Frontdagi vaziyatga kelsak, so‘nggi uch oyda Ukraina qo‘shinlari 73 kvadrat kilometr hududni qaytarib olgan. Bu Rossiya joriy yilda egallagan hududning qariyb yarmiga teng.
Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi ma’lumotiga ko‘ra, 31 oktyabr holatida Rossiya armiyasining urush boshlanganidan buyongi umumiy yo‘qotishlari 1 588 170 nafar harbiyga yetgan. Oktyabr oyida Rossiya kuniga o‘rtacha 1750 nafar harbiysini yo‘qotgan.