Rossiya Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil 1 iyul holatiga mamlakatning oltin zaxiralari 73,4 million troya unsiyasini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2020 yil fevral oyidan beri qayd etilgan eng past daraja hisoblanadi.
Yil boshidan buyon Rossiyaning oltin zaxiralari 1,4 million troya unsiyasiga kamaygan. Mutaxassislar bu holatni zaxiralar tarkibidagi o‘zgarishlar va davlat moliyaviy operasiyalari bilan izohlamoqda.
Shu bilan birga, jahon bozorida oltin narxining yuqori darajada saqlanib qolayotgani tufayli, zaxiralar hajmi qisqargan bo‘lsa-da, ularning umumiy qiymati yuqoriligicha qolmoqda.