Bugun 25 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Rossiyaning NATO davlatlaridan biriga hujum qilish xavfi oshib boryaptimi?

Rossiyaning NATO davlatlaridan biriga hujum qilish xavfi oshib boryaptimi?

Daniya razvedkasi Rossiyaning NATO davlatlaridan biriga hujum qilish xavfi oshib borayotganini bildirdi.

Daniya tashqi va harbiy razvedka xizmati (FE) rahbari Tomas Arenkil Rossiyaning NATOga a’zo, Rossiya bilan chegaradosh davlatlardan biriga cheklangan harbiy hujum uyushtirish ehtimoli «kichik, ammo oshib borayotgani»ni bildirdi.

Uning aytishicha, Moskva Ukrainaga ko‘rsatilayotgan yordam fonida Yevropa davlatlarini harbiy resurslarini qayta taqsimlashga majburlash maqsadida bunday «umidsiz qadam»ga borishi mumkin.

Arenkil Rossiya bunday harakatga tayyorgarlik ko‘rishi uchun bir necha oy kerak bo‘lishini va bu jarayonni yashirish qiyin bo‘lishini ta’kidladi.

Shu bilan birga, razvedka rahbari Rossiya NATO davlatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy bosqin uyushtirishdan manfaatdor bo‘lishi «juda ehtimoldan yiroq» ekanini aytdi. Biroq u bunday ehtimolni butunlay istisno qilib bo‘lmasligini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq Ispaniyaning El Mundo nashri AQSh razvedkasi bir nechta Yevropa hukumatlarini Rossiya Ispaniya, Fransiya yoki Italiyaga dronlar orqali hujum tayyorlayotgani haqida ogohlantirganini xabar qilgan edi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, «Gerbera» turidagi dronlar konteynerlarga yashirilib, savdo kemasi orqali olib kirilishi mumkin. El Mundo ta’kidlashicha, ushbu uch davlatda 2027 yilda saylovlar bo‘lib o‘tadi va radikal kuchlar Ukrainadagi urushdan charchoq va xavotirdan siyosiy maqsadlarda foydalanishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 08:00. O'qildi: 630 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!