Rossiyaning bir kechada Kiyevga bergan ballistik raketa zarbasi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Kiyev shahar harbiy boshqarmasi rahbari Timur Tkachenko o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
"Hujumda yaralanganlardan biri kasalxonada vafot etdi. Rossiyaning bugun tunda qilgan hujumida ikki kiyevlik halok bo‘ldi", deb yozadi u.
Kiyev meri Vitaliy Klichko esa poytaxtda qurbonlar soni 12 nafarga yetganini qayd etdi.