Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Rossiyaning Kiyev va Xarkivga hujumlarida besh kishi halok bo‘ldi, 22 kishi jarohatlandi

Rossiyaning Kiyev va Xarkivga hujumlarida besh kishi halok bo‘ldi, 22 kishi jarohatlandi

13 oktyabrga o‘tar kechasi Rossiya armiyasi Ukrainaga raketa va dronlar bilan zarba berdi.

Xarkivning Xolodnogor va Shevchenko tumanlarida turar joy binolari hamda fuqarolik infratuzilmasiga zarar yetdi. Raketalardan biri to‘rt qavatli uyga tushib, uning bir pod’ezdini vayron qilgan. Shahar meri Igor Terexovning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, uch kishi halok bo‘lgan, 11 kishi jarohatlangan.

12 oktyabr kechqurun Kiyevning Darniskiy tumanida dron 25 qavatli turar joy binosiga urilgan. Ukraina poytaxtida ikki kishi halok bo‘lib, 11 kishi jarohatlangan.

Ukraina Havo kuchlari ma’lum qilishicha, keyingi ballistik raketalar poytaxt tomon uchib kelayotgani faqat hujum vaqtida aniqlangan. Shu bois aholini oldindan ogohlantirish imkoni bo‘lmagan.

Kiritildi: 16:05 13.10.2026. O'qildi: 608 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!