"Buryatiyada o‘rmon yong‘inlari tufayli favqulodda holat rejimi joriy qilindi. Hozirda respublikada 53 ming gektardan ortiq maydonda 22 ta faol alanga o‘chog‘i qayd etilgan", deya ma’lum qildi mintaqa hukumati.
"Bundan tashqari, Amur viloyatining Siolkovskiy shahrida o‘rmon yong‘inlari turar joylarga yaqinlashdi", deya xabar bermoqda mahalliy OAV.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda turar joy majmuasi yaqinida o‘rmon yonayotganini ko‘rish mumkin. “112” Telegram-kanali xabariga ko‘ra, yo‘llar bo‘ylab yonayotgan daraxtlar tufayli shaharni tark etish deyarli imkonsiz holga kelgan. Amur viloyatida yong‘inlar umumiy maydoni 3000 gektardan oshgan.
Siolkovskiy — yopiq ma’muriy-hududiy birlik hisoblanadi. Aholisi etti mingdan sal ko‘p bo‘lgan bu shaharda “Vostochnıy” kosmodromi xodimlari istiqomat qiladi. Kosmodrom shahar markazidan 25 kilometr uzoqlikda joylashgan.