Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma

КИР

Rossiyalik sobiq futbolchi: «O‘zbekiston terma jamoasini JCH–2026 pley-off bosqichiga chiqishini istardim»

Rossiyalik sobiq futbolchi: «O‘zbekiston terma jamoasini JCH–2026 pley-off bosqichiga chiqishini istardim»

Rossiya terma jamoasi va Ispaniyaning «Espanyol» klubi sobiq futbolchisi Dmitriy Kuznesov 2026 yilgi jahon chempionatidan kutayotgan umidlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Jahon chempionatida men Ispaniya terma jamoasiga muxlislik qilaman, chunki La Ligada o‘ynaganman. Shuningdek, Rossiyaga yaqin bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasini ham qo‘llab-quvvatlayman. O‘zbek futbolchilari pley-off bosqichiga chiqishini juda istardim. Garchi ular uchun jahon chempionatiga yo‘llanma olishning o‘ziyoq tarixiy yutuq va haqiqiy jasorat bo‘lsa-da.

Mening fikrimcha, mundialning asosiy favoritlari — Argentina, Braziliya va Fransiya. Fransiya terma jamoasi futbolchilar tanlovi nuqtai nazaridan juda kuchli tarkibga ega. Shuningdek, Portugaliya ham kutilmagan natija qayd etishi mumkin», — dedi Kuznesov.

Kiritildi: Bugun 10:22. O'qildi: 262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!