Bugun 8 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiyalik boylar yil boshidan beri 22 mlrd dollarga boyidi – Bloomberg

Rossiyalik boylar yil boshidan beri 22 mlrd dollarga boyidi – Bloomberg

«Bloomberg Billionaires Index» ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil boshidan beri Rossiyaning eng boy tadbirkorlari umumiy hisobda 22 milliard dollardan ortiq daromad ko‘rgan.

Jumladan:

  • Aleksey Mordashov – «Severstal» egasi – boyligini 4,84 milliard dollarga oshirib, 28,1 milliard dollarga yetkazdi.
  • Alisher Usmonov – 4,86 milliard dollarga boyidi, uning mulki hozir 18,1 milliard dollarga teng.
  • Pavel Durov – «Telegram» asoschisi – yil boshidan buyon 3,71 milliard dollar topib, umumiy boyligi 14,7 milliard dollarga yetdi.

Biroq hammada ham daromad yuqori bo‘lmagan. Vladimir Lisin, Novolipesk metallurgiya kombinati (NLMK) boshqaruv raisi, 2,86 milliard dollar yo‘qotib, uning boyligi 23 milliard dollarga tushgan.

Ma’lumot uchun, Bloomberg’ning «Billionaires Index» hisoboti dunyodagi eng boy insonlar moliyaviy holatini real vaqtda kuzatib boradi.

Kiritildi: 13:35 01.11.2025. O'qildi: 981 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!