Bu haqda Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida maslahatlashuvlar o‘tkazilgan, ammo masala murakkabligicha qolmoqda. Kabulov bu yo‘nalish asosan Tashqi ishlar vazirligiga emas, migrasiya va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga taalluqli ekanini ta’kidladi.
«Hozircha hech qanday siljish yo‘q va, ochig‘ini aytsam, men ham bunday siljishni ko‘rmayapman», — dedi Kabulov.
Rossiyaga afg‘onistonlik ishchilarni jalb qilish bo‘yicha muzokaralar boshlangani haqida Kabulov ilk bor mart oyida xabar bergan edi.
May oyida Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri Nuriddin Aziziy ikki davlat ham bu masaladan manfaatdor ekanini bildirgan. Uning ta’kidlashicha, muzokaralardagi asosiy to‘siqlardan biri til masalasi hisoblanadi.