Ukraina hujumlari tufayli to‘xtab qolgan "Drujba" neft quvuri orqali Vengriyaga Rossiya neftini yetkazib berish 28 avgust kuni qayta tiklanadi. Bu haqda Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto ma’lum qildi:
Vaziyatni Rossiya energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Pavel Sorokin bilan telefon orqali muhokama qildik, u uzoq sa’y-harakatlardan so‘ng Vengriyaga neft yetkazib berishni ertagayoq - dastlab sinov rejimida va kamroq hajmda qayta tiklash imkonini beradigan texnologik yechim topilganini aytdi, dedi Peter Siyyarto.
Siyartoning qo‘shimcha qilishicha, mamlakat rasmiylari hozircha neft yetkazib berishni to‘xtatishni ichki tijorat zaxiralaridan foydalangan holda va strategik zaxiralarni sarflamasdan uddalamoqda.