Rossiyaning eng uzun zinapoyasi ayiqlar faolligi tufayli tashrif buyuruvchilar uchun yopildi.
Bu haqda Krasnoyarsk o‘lkasi ma’muriyati xabar berdi.
Gap shundaki, zinapoya uzunligi 1,2 kilometr bo‘lgan Torgashinskaya zinapoyasi haqida ketmoqda. U shu nomdagi tizmaga olib boradi. Hozirda zinapoya etagidagi belgida toqqa chiqmaslik haqida ogohlantirilgan.
Avvalroq yana bir ayiq hujumi haqida xabar berilgan edi. Hodisa Buryatiyaning Xara-Shibir qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan.