Joriy yilda Markaziy Rossiyadagi maktablarga kiradigan migrant bolalar soni ularning rus tili bo‘yicha majburiy imtihondan o‘ta olmagani sababli deyarli 10 barobarga qisqardi.
Aprel oyidan boshlab bo‘lajak 1-sinf o‘quvchilari maktabga kirish chog‘ida lug‘at va grammatika, ikkinchi va undan yuqori sinf o‘quvchilari esa savodxonlik darajasi bo‘yicha sinovdan o‘tkazilmoqda.
O‘tgan yili Kaluga viloyatidagi maktablarga 250 nafar xorijlik qabul qilingan bo‘lsa, joriy yilning yozida 91 kishi ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan, shundan atigi 36 nafar bola test sinovidan o‘tgan. Bu 2024 yilga nisbatan deyarli 10 barobar kam.
Shunga o‘xshash ko‘rsatkichlar Voronej viloyatida ham bor. U yerda imtihondan o‘tgan 16 nafar migrantdan faqat 8 nafari maktablarga qabul qilingan. Vaholanki bir yil avval viloyatdagi o‘rta ta’lim muassasalariga 200 nafarga yaqin migrant bolalar qabul qilingan edi.
Iyun oyida migrant bolalarning atigi 7 foizi rus tili imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan.