Bugun 5 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Terrorchilar tomonidan garovga olingan Dubay amirining qarindoshi ozod qilindi

Terrorchilar tomonidan garovga olingan Dubay amirining qarindoshi ozod qilindi

Buning uchun 50 million yevro talab qilindi, deb xabar bermoqda Sahara Media.

22 sentyabr kuni Mali davlatida o‘g‘irlab ketilgan iste’fodagi general, BAA tarkibidagi Dubay amirligining hukmron oilasi vakili Ahmad bin Maktum bin Juma Ol Maktum, shuningdek, yana ikki nafar eronlik shaxs muzokaralardan so‘ng azavad xalqi vakillari vositachiligida ozod qilindi. Garovga olinganlarni ozod etish uchun Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan 50 million yevro to‘langani xabar qilinmoqda.

Ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, iste’fodagi general Malidagi fermaga egalik qilgan va o‘g‘irlangunga qadar shu yerda yashagan. General va yana ikki shaxs 22 sentyabr kuni mamlakat poytaxti Bamako shahridan 30 km janubda joylashgan Sanankorobo shahri yaqinida “Al-Qoida”ga aloqador “Jamoat nusratul-islom val-muslimin” tomonidan o‘g‘irlab ketilgan.

Ularni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar mintaqa yetakchisi Arabiy Valid Jedin va Azavad xalqining nufuzli vakillari - Muhammad al-Mahriy va Said Ahmad az-Zumayliy vositachiligida olib borildi.

So‘nggi bir yil ichida Malida qurolli guruhlar tomonidan odam o‘g‘irlash holatlari keskin ko‘paydi, bu esa Sahel mintaqasidagi jinoiy to‘dalarning asosiy daromad manbalaridan biriga aylantirdi. Katta miqdordagi tovonlarning to‘lanishi Mali, Burkina-Faso va Nigerda bunday amaliyotning yanada faollashishiga yordam berishi mumkin.

Kiritildi: 23:43 04.11.2025. O'qildi: 1507 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!