O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga ko‘ra, bunga transportda tashish paytida harorat tartibiga rioya qilinmagani sabab bo‘lgan.
Agentlik, shuningdek, ayrim tadbirkorlar sifatsiz mahsulotlarni yashirib eksportga chiqarish orqali O‘zbekistonning xalqaro bozordagi imijiga zarar yetkazayotganini qattiq tanqid qildi.
Kuniga 15-20 tonna mahsulot eksportga chiqariladi, bozorda talab katta, agar sifatga e’tibor berilsa, yana xaridorlar sonini oshirish mumkin, deydi agentlik.