Rossiya Federasiyasida Zika isitmasining chetdan olib kirilgan holati aniqlandi.
Bu haqda Rossiya iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligi sohasini nazorat qilish xizmati (Rospotrebnadzor) ma’lum qilgan.
Kasallik Bali orolidagi dam olishdan Moskvaga qaytgan ayolda aniqlangan.
Rossiya hududida infeksiyaning tarqalish xavfi istisno qilingan.
Rospotrebnadzor ta’kidlashicha, Rossiya hududida yashovchi chivinlar xavfli tropik isitmalarni tashuvchi sifatida yuqori epidemiologik xavf tug‘dirmaydi.