Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiyada xavfli «go‘sht yelimi» solingan mahsulotlar ko‘paydi

Rossiyada xavfli «go‘sht yelimi» solingan mahsulotlar ko‘paydi

Rossiyada oziq-ovqat va sut mahsulotlarida «go‘sht yopishtiruvchi»dan foydalanish sezilarli darajada oshdi, deb yozadi Izvestiya.

2023 yilda mikrobial transglutaminaza (mTG) qo‘shilishining 25 ta holati qayd etilgan. Undan foydalanish taqiqlangan. O‘tgan yilgi ko‘rsatkichlar undan avvalgi yilga nisbatan ikki barobar ko‘p edi.

Bu yil vaziyat yanada yomonlashdi. Tekshiruv reestriga ko‘ra, 2024 yilning birinchi yarmida 28 ta shunday holat qayd etilgan.

«Go‘sht yopishtiruvchi» o‘zaro mos kelmaydigan oziq-ovqat oqsillarini ulashga, shuningdek, ishlab chiqarish vaqtini 10 barobarga qisqartirishga qodir. Bu namlikni ushlab turish hisobiga mahsulot hajmini 25% gacha oshirishga va shunga mos ravishda ularning narxini pasaytirishga olib keladi.

Ko‘pincha mikrobial transglutaminaza kolbasa va tvorogda uchraydi.

Kiritildi: 23:30 09.07.2024. O'qildi: 2043 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!