Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiyada o‘zbekistonlik ota o‘g‘li tomonidan o‘ldirildi

A A A
Rossiyada o‘zbekistonlik ota o‘g‘li tomonidan o‘ldirildi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 46 yoshli O‘zbekiston fuqarosining o‘ldirilishi bo‘yicha tekshiruv boshlandi. Qotillikda uning 2004 yilda tug‘ilgan o‘gay o‘g‘li gumon qilinyapti.

Hodisa joriy yilning 11 yanvar kuni tunda sodir bo‘lgan. Polisiyaga Peterburgning Vasilyevsk oroli tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida erkak pichoq bilan jarohatlangani haqida xabar tushgan.

Voqea joyiga yetib kelgan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari erkakni 16 yoshli o‘gay o‘g‘li pichoqlagan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan. Bola mast holatda bo‘lgan. Erkak tez tibbiy yordam mashinasida jon bergan. Maktab o‘quvchisi esa qotillikda gumon qilib, hibsga olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘smir bola bir necha marta ma’muriy qoidabuzarlik amalga oshirib, tarbiyasi og‘ir bolalar ro‘yxatiga kiritilgan. Hozirda hodisa yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilyapti.

Kiritildi: 15:23 14.01.2020. O'qildi: 3485 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!