Davlat Dumasiga ushbu haqida yangi qonun loyihasi kiritildi.
Hujjatga ko‘ra, bunday videolarni maxsus belgi va teglar bilan yorliqlash majburiy bo‘ladi. Qonunbuzarlik uchun jismoniy shaxslar 50 000 rublgacha, mansabdor shaxslar 200 000 rublgacha, yuridik shaxslar esa 500 000 rublgacha jarimaga tortilishi mumkin. Jarimalar nafaqat video yaratuvchisi va uni tarqatuvchiga nisbatan ham qo‘llaniladi.
So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab videolar paydo bo‘ldi. Ularda haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan hodisalarni, hatto siyosatchilarning hech qachon aytmagan bayonotlarini ham ko‘rdik. Ishonchim komilki, bu chora ko‘plab mojarolarning oldini olishga yordam beradi", - dedi qonun yaratuvchilaridan biri deputat Dmitriy Gusev.
Ma’lumot uchun, bunday amaliyot AQSh va Yevropada 2023 va 2024 yillardan beri ishga tushgan, Xitoyda 2025 yil sentyabrida kuchga kirdi.