Bugun 4 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiyada poyezd vagonlari ag‘darilib ketishi oqibatida kema yoqilg‘isi oqib ketdi

Rossiyada poyezd vagonlari ag‘darilib ketishi oqibatida kema yoqilg‘isi oqib ketdi

Rossiya Federasiyasining Yahudiy avtonom viloyatida Vanino stansiyasiga ketayotgan yuk poyezdi tarkibiga kiruvchi beshta vagonning relsdan chiqib ketishi va ikkita vagonning ag‘darilib ketishi sodir bo‘ldi.

Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining transport bo‘yicha Sharqiy mintaqalararo tergov boshqarmasining Telegramdagi kanalida ma’lum qilingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisadan so‘ng tashilgan kema yoqilg‘isining sizib chiqishi qayd etilgan va fakt bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

"Hodisa natijasida hech kim jabrlanmadi, yetkazilgan zarar miqdori 1 million rubldan ortiqni tashkil etdi. Hodisaning barcha holatlarini aniqlashga qaratilgan bir qator tergov va prosessual harakatlar olib borilmoqda", — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 10:30 03.08.2025. O'qildi: 676 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!