Bugun 29 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Rossiyada oq ayiq yo‘l ishchisiga hujum qildi

Rossiyada oq ayiq yo‘l ishchisiga hujum qildi

Krasnoyarsk o‘lkasining shimolida, Taymir hududida oq ayiq yo‘l ishchisiga hujum qildi.

Bu haqda TASSga mintaqaning tezkor xizmatlari ma’lum qildi.

«Oq ayiqning hujumi oqibatida yo‘l ishchisi jabrlandi», — deyiladi tezkor xizmatlar xabarida.

Erkakning bosh qismida teri shilinishi bilan bog‘liq jarohat, shuningdek, kurak sohasi va ikkala qo‘lining panjalarida jarohatlar aniqlangan. Uning sog‘lig‘i holati qoniqarli deb baholanmoqda.

Hujum aholi yashash hududidan tashqarida, shuningdek, biror korxona hududiga tegishli bo‘lmagan joyda sodir bo‘lgan.

Avvalroq oq ayiqlar Dikson qishlog‘iga kira boshlagani haqida xabar berilgan edi. Uchta oq ayiq, jumladan, bolasi bor ayiq qishloqdan uzoqlashtirilgan.

Oq ayiqlarni aholi yashash hududidan maxsus «Ayiq patruli» haydab chiqaradi. Qizil kitobga kiritilgan ushbu hayvonlarga o‘q uzish taqiqlangan.

Kiritildi: 15:30 28.10.2026. O'qildi: 589 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!