Reuters ma’lumotiga ko‘ra, oktyabr oxiridan buyongi hujumlar Rossiyadagi 35 ta yirik neftni qayta ishlash zavodidan to‘qqiztasining ishini izdan chiqargan.
Zarar ko‘rgan zavodlarning umumiy quvvati kuniga 2,2 million barrelni tashkil etadi. Bu Rossiyadagi birlamchi neftni qayta ishlash quvvatining qariyb 30 foiziga teng.
Agentlik manbalari qayta ishlash hajmi kuniga 200 ming tonnagacha kamayishi mumkinligini bildirgan.
Hujumlar Rossiya va Ukraina o‘rtasida energetika infratuzilmasiga zarbalarni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv amalda barbod bo‘lganidan so‘ng qayta kuchaygan.