Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiyada migrantlarning farzandlariga maktabda o‘qishni pullik qilish taklif qilindi — “Meduza”

 Rossiyada migrantlarning farzandlariga maktabda o‘qishni pullik qilish taklif qilindi — “Meduza”

Davlat Dumasi deputatlari guruhi tomonidan taqdim etilgan qonun loyihasida “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonundagi chet elliklarga maktab va kollejda o‘qishda rossiyaliklar bilan teng huquqlarni beruvchi bandni o‘zgartirish taklif etilmoqda.

Deputatlarga ko‘ra, Rossiya maktablarida “migrant bolalar” soni oshib ketgani sababli o‘rinlar yetishmovchiligi va o‘qituvchilarga tushadigan yuklama ortgan.

"Migrant bolalarning rus tilini yetarli darajada bilmasligi o‘quv dasturini o‘zlashtirish va moslashuv jarayonini qiyinlashtiradi, bu esa rossiyalik bolalarning ta’lim jarayonini sekinlashtiradi", deyiladi izoh xatida.

Bundan tashqari, hozirda chet elliklar maktab va kollejda o‘qish uchun rus tilidan test topshirishi kerak. Deputatlar buni birinchi urinishda uddalay olmaganlarga yil davomida atigi uch marta qayta topshirish imkonini berishni taklif qilmoqda. Deputatlarning ta’kidlashicha, pullik o‘qitishdan tejalgan mablag‘ o‘qituvchilarga qo‘shimcha to‘lovlar berish hamda “xorijda rus tilini o‘rganishga qiziqishni oshirish”ga yo‘naltirilishi mumkin.

Kiritildi: 18:00 12.08.2025. O'qildi: 683 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!