Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Rossiyada migrantlarga fuqarolik berishni cheklash taklif etildi

A A A
Rossiyada migrantlarga fuqarolik berishni cheklash taklif etildi

“Adolatli Rossiya – Haqiqat uchun” partiyasi rahbari Sergey Mironov Markaziy Osiyodan kelgan migrantlarga nisbatan yangi chora ko‘rishni taklif qildi. Unga ko‘ra, 2030 yilgacha Rossiya fuqaroligi va yashash uchun ruxsatnoma berishga moratoriy joriy etilishi kerak.

Mironovning ta’kidlashicha, mamlakatga migrantlar oqimining ortishi milliy xavfsizlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

“Rossiyaga kuchsiz nazorat qilinayotgan migrantlar oqimi tobora oshib bormoqda. Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning dastlabki olti oyida xorijliklarga qariyb 114 mingta mehnat ruxsatnomasi berilgan. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan deyarli yarim baravar ko‘p. Rasmiy hisob-kitoblarga ko‘ra, hozirda mamlakatda 6,5 milliondan ziyod migrant yashaydi. Ulardan bir qismi ishlasa-da, katta qismi sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimidan foydalanuvchi oilalar a’zolaridir”, — dedi Mironov.

Deputat bu holat Rossiya aholisi farovonligi va milliy xavfsizligi uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligini qayd etdi.

Kiritildi: 21:58 13.09.2025. O'qildi: 1516 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!