Rossiyada 1 sentyabrdan boshlab qo‘shimcha davlat boji, jumladan, ro‘yxatga olish, migrasiya ro‘yxatidan o‘tish va ishlashga ruxsat olish bilan bog‘liq bo‘lgan bojlar joriy etildi.
Rossiya Federasiyasining Soliq kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilib, 1 sentyabrdan kuchga kirdi.
Shunday qilib, migrasiya nazoratini kuchaytirish maqsadida bir qator qo‘shimcha yig‘imlar joriy etilmoqda, jumladan, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga patent berish yoki qayta rasmiylashtirish uchun - 4200 rubl, ishlash uchun ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun - 4200 rubl. Shuningdek, ish ruxsatnomasining dublikatini berish, migrant yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning ishlashga ruxsatnomasi yoki patent dublikatidagi ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritish uchun ham to‘lov paydo bo‘ldi. Uning miqdori 2100 rublni tashkil qiladi.
Bundan tashqari, chet ellik ishchilarni yollash va ulardan foydalanish uchun dublikat ruxsatnomalarini berish, shuningdek ularga o‘zgartirishlar kiritish uchun – 2100 rubl, chet el fuqarosining Rossiya Federasiyasida vaqtincha bo‘lish muddatini uzaytirish uchun – 1000 rubl, yashash joyida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun – 500 rubl miqdorida davlat boji joriy etildi.