Moliya vazirligi migrasiya va fuqarolik bilan bog‘liq davlat xizmatlari uchun bojlarini bir necha baravar oshirishni rejalashtirilmoqda, deb yozadi "Vedomosti".
Bojlar taklifga ko‘ra:
▪️fuqarolik olish yoki undan chiqish — 4 200 rubldan 50 000 rublgacha;
▪️kirish taklifnomasi — 960 rubldan 8 000 rublgacha;
▪️vaqtincha yashash ruxsatnomasi (RVP) — 1 920 rubldan 15 000 rublgacha;
▪️doimiy yashash guvohnomasi (VNJ) — 6 000 rubldan 30 000 rublgacha;
▪️xorijiy ishchilarni jalb qilish uchun ruxsatnoma — 12 000 rubldan 15 000 rublgacha oshirilishi mumkin.
Bundan tashqari, yangi bojlar joriy etish taklif qilinmoqda:
▪️yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan VNJni almashtirish — 6 000 rubl;
▪️RVP dublikati — 5 000 rubl.
Bu hali taklif bo‘lib, rasman tasdiqlanishi kutilmoqda.