Rossiyaning Lipesk viloyatida MiG-31 samolyoti halokatga uchradi. Ekipaj qutqarib olindi, uchuvchilar esa xavf ostida emas.
Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
"Kecha, Moskva vaqti bilan taxminan 19:20da MiG-31 samolyoti rejalashtirilgan o‘quv parvozidan so‘ng qo‘nayotgan vaqtda Lipesk viloyatida halokatga uchradi. Ekipaj uchib ketgan, uchuvchilar xavf ostida emas", — deya ta’kidladi vazirlik.
Samolyot aholi yashamaydigan hududga qulagan. Parvoz o‘q-dorilarsiz amalga oshirildi.