Bugun 27 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiyada Jaloliddin Ahmadaliyevning konsertiga "OMON"chilar bostirib kirdi

Rossiyada Jaloliddin Ahmadaliyevning konsertiga "OMON"chilar bostirib kirdi

Ayni paytda mazkur holat Rossiya Federasiyasining amaldagi qonunchiligi doirasida o‘rganilmoqda.

“Newslab” nashrining xabar berishicha, Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi Yemelyanovskiy tumanida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan “Korona” banket zalida maxsus operasiya bo‘lib o‘tdi.

maxsus bo‘linmalar xodimlari ko‘ngilochar maskanga bostirib kirgan bu joyda xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev konsert berayotgan bo‘lgan.

Xabarda aytilishicha, reyd davomida jami 620 nafar shaxs tekshiruvdan o‘tkazildi. Tintuvning asosiy maqsadi Rossiyaga chet eldan kelgan fuqarolar va giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan shaxslarni aniqlashdan iborat bo‘lgan. Shunga qaramay, hech bir mehmondan taqiqlangan narsa yoki modda topilmadi.

Shu bilan birga, 26 nafar xorijlik polisiya bo‘limiga olib ketildi. Tekshiruvlar jarayonida ulardan sakkiz nafari Rossiya hududida noqonuniy ravishda bo‘lgani aniqlandi. Qolganlariga nisbatan ham hujjatlar to‘liq o‘rganib chiqildi.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migrasiya agentligi mazkur holatga munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, Agentlikning Rossiyadagi vakolatxonasi tomonidan O‘zbekiston fuqarolari huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida, lisenziyaga ega advokat voqea joyiga yuborildi.

Ayni paytda mazkur holat Rossiya Federasiyasining amaldagi qonunchiligi doirasida o‘rganilmoqda.

Kiritildi: 15:23 24.09.2025. O'qildi: 914 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!