Rossiyalik olimlar farmasevtika kompaniyalari bilan birga insulin tabletkalarini yaratish ustida ishlamoqda. Bu haqda Endokrinologiya milliy tibbiyot tadqiqot markazi direktori Natalya Mokrishova ma’lum qildi.
Shuningdek, diabet bilan kasallanganlar har kuni emas, haftada bir marta ukol qilishi uchun uzoq ta’sir qiladigan dorilar ham ishlab chiqilmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda dori vositalarining uzaytirilgan versiyalari allaqachon mavjud va tez orada bemorlar haftalik ukol jadvaliga o‘tishlari mumkin, shu bilan birga mutaxassislar gormonning tabletka variantini yaratishda davom etmoqda.
Mutaxassislar yangi dori-darmonlar yaratishdan tashqari, ushbu kasallikning kam uchraydigan shakllarini erta aniqlashga ham e’tibor qaratmoqda. Avvalroq tibbiyot fanlari nomzodi Valeriy Litvinov RT telekanaliga bergan izohida pes tashxisining o‘ziga xos xususiyatlari haqida batafsil ma’lumot bergan edi.