Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rossiyada eng ko‘p patent o‘zbekistonliklarga berilgan

A A A
Rossiyada eng ko‘p patent o‘zbekistonliklarga berilgan

2021 yil yakunlariga ko‘ra, Rossiyada ishlash huquqni beradigan patentlarning eng ko‘pini O‘zbekiston fuqarolari olishgan. Bu Rossiya IIV taqdim etgan hisobotdagi raqamlardan ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning yanvar-dekabr oylarida 2 221 826 ta mehnat patenti berilgan. Shundan 1 316 569 tasini O‘zbekiston fuqarolari olishgan.
Keyingi o‘rinlarda Tojikiston (787 mingta), Ozarbayjon (qariyb 65 mingta), Ukraina (37 mingta) va Moldova (17 mingta) fuqarolari.
2021 yilda Rossiyada patent va ishlash uchun berilgan ruxsatnomalarni rasmiylashtirish ko‘paygan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 1 yanvardan Moskva va Moskva viloyatida patent narxi 5 900 rublgacha qimmatlashdi.

Kiritildi: 17:33 07.02.2022. O'qildi: 3152 marta. Fikrlar soni: 6 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!