Bugun 15 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Rossiyada bir fuqaro nomiga qariyb 3 kg. marixuana pochta orqali keldi

Rossiyada bir fuqaro nomiga qariyb 3 kg. marixuana pochta orqali keldi

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘simlik moddalari AQShdan kelgan jo‘natmada kiyim-kechak va poyabzal orasiga yashirilgan holda aniqlangan.

Ekspertiza bu moddani marixuana deb tasdiqladi. Jami 10 mln. rubl qiymatidagi giyohvand modda Rossiya fuqarosiga yo‘llangani ma’lum bo‘ldi.

Buyurtmani qabul qilishi kerak bo‘lgan pyatigorsklik erkak jo‘natmani olayotganda paytda ushlangan va giyohvandlik vositasini xorijdan buyurtma qilganini tan olgan.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 21:51 12.08.2025. O'qildi: 731 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!