Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlar Barens dengizidagi Novaya Zemlya arxipelagidagi Pankovo poligonidagi faollikni, jumladan, 9M730 "Burevestnik" raketasini sinovdan o‘tkazish bilan bog‘liq xodimlar va jihozlar, shuningdek, kemalar va samolyotlarning keskin ko‘payganini ko‘rsatadi, deya xabar beradi xavfsizlik manbasi va qurollar bo‘yicha mutaxassislar.
Sinov AQSh va Rossiya prezidentilari o‘rtasidagi uchrashuv e’lon qilinishidan ancha oldin rejalashtirilgan bo‘lishi mumkin, deydi ekspertlar. Biroq Putin Ukrainadagi urushni tugatish va AQSh bilan qurol nazorati bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashga tayyorligini namoyish qilish uchun Amerika josuslik yo‘ldoshlari ortidan tayyorgarlikni to‘xtatgan bo‘lishi mumkin.