Alyaskada Rossiya bilan bo‘lib o‘tadigan sammitda ishtirok etadigan AQSh delegasiyasi tarkibi ma’lum bo‘ldi.
Amerika ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha Qo‘shma Shtatlar delegasiyasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
— AQSh prezidenti Donald Tramp;
— Vise-prezident Jey Di Vens;
— Davlat kotibi Marko Rubio;
— Prezidentning maxsus vakili Stiv Uitkoff;
— Moliya vaziri Skott Bescent.
Avvalroq Alyaskadagi sammitda Rossiya tomonidan prezident Putin, tashqi ishlar vaziri Lavrov, mudofaa vaziri Belousov, moliya vaziri Siluanov, prezidentning maxsus vakili Dmitriyev va prezident yordamchisi Ushakov ishtirok etishi haqida xabar berilgan edi.