Bugun 15 avgust, 2025 yil, juma

КИР

«Qat’iyatlilar koalisiyasi» Ukraina bo‘yicha to‘rt asosiy talabni e’lon qildi

«Qat’iyatlilar koalisiyasi» Ukraina bo‘yicha to‘rt asosiy talabni e’lon qildi

Koalisiya Rossiyaning Ukrainaga nisbatan harbiy va diplomatik cheklovlar qo‘yish huquqini rad etib, Kiyevning NATO va YEIga qo‘shilish yo‘lini qo‘llab-quvvatladi.

«Qat’iyatlilar koalisiyasi» kelgusi tinchlik kelishuvi doirasida Ukraina Qurolli kuchlariga har qanday cheklovlar joriy etilishini rad etdi. Shuningdek, Rossiya Ukrainaga Yevropa Ittifoqi va NATOga qo‘shilishda veto huquqiga ega bo‘lmasligi lozimligi ta’kidlandi. Bu haqda Britaniya hukumati saytida e’lon qilingan bayonotga tayanadigan RBK-Ukraina xabar berdi.

Virtual uchrashuvda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy, AQSh prezidenti Donald Tramp, AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens, shuningdek, Fransiya, Germaniya va Britaniya rahbarlari ishtirok etdi. Liderlar Trampning Rossiya boshlagan urushni to‘xtatish va adolatli, barqaror tinchlikka erishish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi.

Bayonotda Ukraina ishtirokisiz tinchlik kelishuvi mumkin emasligi qayd etildi. Kiyevni qo‘llab-quvvatlash, diplomatik faollik va Rossiyaga bosim o‘tkazish birgalikda amalga oshirilishi lozimligi ta’kidlandi.

Koalisiya urushni tugatish uchun to‘rt asosiy talabni e’lon qildi. Birinchisi — otashkesim yoki uzoq muddatli, sezilarli darajadagi harbiy harakatlar to‘xtashi shartida mazmunli muzokaralar o‘tkazish. Ikkinchisi — Rossiya harbiy iqtisodiyotiga bosimni kuchaytirish uchun sanksiyalar va iqtisodiy choralarni kengaytirish. Uchinchisi — xalqaro chegaralar kuch bilan o‘zgartirilmasligi. To‘rtinchisi — Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini samarali himoya qilish uchun ishonchli xavfsizlik kafolatlari.

Koalisiya, zarurat tug‘ilganda, Ukrainada urushdan so‘ng qo‘llab-quvvatlash kuchlarini joylashtirishga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, Ukraina qurolli kuchlari yoki uning boshqa davlatlar bilan hamkorligiga hech qanday cheklov bo‘lmasligi kerakligi qayd etildi. Rossiya Kiyevning NATO va YEIga qo‘shilish yo‘lida to‘siq qo‘ya olmasligi lozim.

Kiritildi: 17:37 14.08.2025. O'qildi: 963 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!