Bugun 25 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Rossiyada Belarus bilan yadro qurolidan foydalanish bo‘yicha mashg‘ulotlarga ruxsat berildi

Rossiyada Belarus bilan yadro qurolidan foydalanish bo‘yicha mashg‘ulotlarga ruxsat berildi

Rossiya TIV MDH mamlakatlari ikkinchi departamenti direktori Aleksey Polishuk Rossiya va Belorussiya o‘rtasida nostrategik yadroviy qurol qo‘llash bo‘yicha qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishi ehtimolini istisno qilmadi.

"Zarur holatda bunday o‘quv mashg‘ulotlarini kelgusida o‘tkazish istisno etilmaydi. Manyovrlarni rejalashtirish, ularning maqsad va vazifalari, shuningdek jalb etiladigan vositalar ikki davlat mudofaa vazirliklari vakolatiga kiradi", — dedi u RIA Novostiga bergan intervyusida.

Polishuk ta’kidlashicha, masala Rossiya va Belorussiya mudofaa idoralari darajasida ko‘rib chiqiladi.

Kiritildi: Bugun 11:01. O'qildi: 211 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!