Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Rossiyada avtomobillarga soliq solishda yangi yondashuv taklif etildi

Rossiyada avtomobillarga soliq solishda yangi yondashuv taklif etildi

Qimmatbaho avtomobillar solig‘i miqdorini oshirishdan ko‘ra, mashinalarni ommaviy va lyuks toifalarga bo‘lgan ma’qul, deyishmoqda "Bankavto" ekspertlari RIA Novostiga.
“Hashamat solig‘i” miqdorini oshirishning o‘zi yetarli emas. Bugun belgilangan 5-6 million rubl ham inflyasiya oqibatida ancha “pasayib” qolishi mumkin... Avtomobil marka va modellarini ommaviy va hashamatli toifalarga ajratgan ma’qul. Shunda soliqqa tortish yanada samaraliroq bo‘ladi”, - deyishdi ekspertlar.
Masalan, yangi Bugatti avtomobillari haqiqatdan ham juda qimmat turadi, demak ular eng katta soliq toifasiga tushishi kerak. Lekin BMW brendiga qarasangiz, u yerda turli avtomobillar bor. BMW X7 modeli lyuks toifasiga kirib yuiori soliq to‘lashi shart bo‘lsa, kichik krossover BMW X1 – ommaviy toifada qolishi kerak.
Lekin Hyundai brendining barcha avtomobillari oddiy soliq chegaralarida qolishi kerak. “Axir marka Rossiyada eng ko‘p sotilgan 3ta brend qatoridan o‘rin olgan bo‘lsa, uni lyuks toifaga o‘tkazish noto‘g‘ri bo‘ladi”, - deb hisoblaydi "Bankavto" ekspertlari.
Ma’lumot uchun, dekabr oyida Rossiya Savdo va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligi “hashamat solig‘i” olinayotgan avtomobillar narxlari chegarasini oshirish masalasini muhokama qilishgan edi. Denis Manturov aytishiga ko‘ra, bugun amal qilayotgan chegara – 3 mln. rubl 2014 yilda belgilangan edi. Bugun esa Rossiyada avtomobillar narxlari 80%ga oshgan. Natijada 3 million rublga sotilayotgan hashamatli avtomobillar qolmagan. Bugun ommaviy avtomobillar narxi 5 millionga yaqinlashib qolgan. Haqiqiy lyuks avtomobillar esa 10 million atrofida.
Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, narxi 3 milliondan 5 milliongacha bo‘lgan avtomobillar uchun transport solig‘ini 1,5 koefisent bilan to‘lanishi kerak. Narxi 5-10 million bo‘lgan avtomobillar egalari transport solig‘ini 2 koefisenti bilan to‘lashi kerak. Narxi 15 milliongacha bo‘lgan avtomobillar egalari 3 koefisenti bilan.

Kiritildi: 15:16 24.01.2022. O'qildi: 1946 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!