Bugun 6 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Rossiyada 5G tarmog‘ida xalqaro trafik uchun to‘lov joriy etilishi muhokama qilinmoqda

Rossiyada 5G tarmog‘ida xalqaro trafik uchun to‘lov joriy etilishi muhokama qilinmoqda


Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi mobil operatorlar bilan 5G tarmog‘idagi xalqaro internet-trafik uchun qo‘shimcha to‘lov joriy etish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda “Kommersant’” yozdi.

Muhokama qilinayotgan variantga ko‘ra, oyiga 50 gigabaytdan ortiq xalqaro trafik uchun abonentlardan qo‘shimcha haq undirilishi mumkin. Hozircha to‘lov miqdori va uni joriy etish muddati aniq belgilanmagan.

Biroq operatorlarda bu tizimni ishga tushirish uchun zarur texnik imkoniyatlar hali tayyor emas. Sababi, Rossiyada 5G tarmog‘idagi trafik hozircha LTE infratuzilmasi orqali uzatilmoqda. Shu bois 5G tarmog‘idagi xalqaro trafikni alohida hisoblash va unga haq undirish uchun qo‘shimcha texnik yechimlar talab etiladi.

Kiritildi: 21:14 05.10.2026. O'qildi: 367 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!