Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rossiyada 10 oydan kam ishlagan migrantlarning yashash ruxsatnomasi bekor qilinishi mumkin

Rossiyada 10 oydan kam ishlagan migrantlarning yashash ruxsatnomasi bekor qilinishi mumkin

Migrantlarning daromadi yashash minimumidan past bo‘lsa, ruxsatnoma uzaytirilmaydi.

Rossiyada mehnat migrantlariga nisbatan nazorat va talablarni kuchaytirishga qaratilgan yangi qonunchilik tashabbuslari ko‘rib chiqilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Rossiya Davlat Dumasi bahorgi sessiya davomida migrantlar uchun yashash ruxsatnomalarini bekor qilish asoslarini kengaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini qabul qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda palata raisi Vyacheslav Volodin ma’lum qilgan.

Taklif etilayotgan tartibga ko‘ra, yil davomida 10 oydan kam ishlagan xorijiy fuqarolarning vaqtinchalik yoki doimiy yashash ruxsatnomalari bekor qilinishi mumkin. Shuningdek, migrantlarning daromadi yashash minimumidan past bo‘lsa, ularning ishlash ruxsatnomalarini uzaytirish rad etilishi nazarda tutilmoqda.

Yangi mexanizm migrantlarning bandligi va daromadlari ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan. Xususan, soliq organlari tomonidan migrantlarning daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar yil davomida bir necha marotaba avtomatik tarzda ichki ishlar organlariga taqdim etiladi. Migrantlarning o‘zlari ham daromadlari bo‘yicha hisobot topshirishi shart bo‘ladi.

Qonun loyihasida, shuningdek, migrantlarning oila a’zolari uchun ham qo‘shimcha talablar belgilanmoqda. Jumladan, voyaga yetgan farzandlar belgilangan muddatda mamlakatni tark etishi yoki ishlash huquqini rasmiylashtirishi kerak bo‘ladi.

Kiritildi: Bugun 22:06. O'qildi: 249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!