Mudofaa vazirligi xabar berishicha, Rossiya qo‘shinlari so‘nggi 24 soat ichida DXRdagi Dibrova qishlog‘i va Sumi viloyatidagi Miropolskoye qishlog‘ini nazorat ostiga oldi.
O‘tgan hafta davomida maxsus operasiya hududida Ukraina Qurolli Kuchlari yo‘qotishlari 8440 dan ortiq askarlarni, 209 ta zirhli jangovar mashina, 69ta dala artilleriya qurollari, 50ta radio elektron kurash stansiyalari, 128ta omborxonalar va 353ta harbiy avtomobilni tashkil qildi, deyiladi hisobotda.
Shuningdek, Havo hujumidan mudofaa kuchlari Ukrainaning 54 ta boshqariladigan aviabombasi, to‘rtta HIMARS raketasi, uchta “Flamingo” uzoq masofali qanotli raketasi, oltita “Neptun” uzoq masofali boshqariladigan raketasi va 2411 ta samolyot turidagi uchuvchisiz uchish apparatlarini urib tushirdi.