Vladimir Putin Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi-2025 yalpi majlisida ishtirok etmoqda.
Prezident aytishiga ko‘ra, so‘nggi YAIM o‘sishi so‘nggi yilarda, yiliga 4 foizdan ko‘p oshgan. 2025 yilning 4 oyida esa yilik hisobda 1,5 foizga oshgan.
Eng muhimi, ushbu o‘sish neft gaz sohasiga bog‘liq bo‘lmagan. So‘nggi yillarda iqtisodning neft-gazga, ya’ni xom-ashyoga bog‘liq bo‘lmagan sohalari 7,2% va 5,4 % o‘sgan.
Shuningdek, yillik inflyasiya ham kamaymoqda, 16 iyun holatiga u 9,6% ni tashkil etgan.
Ishsizlik darajasi ham barqarorlashib, tarixiy eng past natijalarda 2,3% miqdorida saqlanib qolmoqda, dedi Rossiya prezidenti.
Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida 140 mamlakatdan 20 000 dan ortiq vakillar, jumladan YEOII, MDH, BRIKS, ASEAN, Afrika, Yaqin Sharq va Lotin Amerikasi delegasiyalari ishtirok etmoqda.