Bugun 23 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Rossiya “Yagodino” nazorat-o‘tkazish punktidagi yonilg‘i quyish shoxobchasi va poyezdga dronlar bilan zarba berdi

Rossiya “Yagodino” nazorat-o‘tkazish punktidagi yonilg‘i quyish shoxobchasi va poyezdga dronlar bilan zarba berdi

Ukraina ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida kuchli yong‘in ro‘y bergan. Uning atrofida turgan yuk mashinalari yonib ketgan. “Suspilne” nashri ma’lumotiga ko‘ra, ikki haydovchi jarohat olgan. Shuningdek, supermarket binosi shikastlangan. “Yagodino” – Ukraina va Polsha o‘rtasidagi muhim avtomobil o‘tish nuqtalaridan biri hisoblanadi.

Bundan tashqari, Rossiya armiyasi Polsha bilan chegaradan ikki kilometr masofadagi yo‘lovchi poyezd lokomotiviga ham zarba bergan. Ukraina Temiryo‘llari matbuot xizmatining xabar qilishicha, poyezd brigadasi zarba xavfi haqida ogohlantirilgandi, shuning uchun qurbonlar bo‘lmagan.

Ukraina Temiryo‘llari rahbari Oleksandr Persovskiyning ta’kidlashicha, Rossiya qo‘shinlari ikkinchi kundirki temiryo‘l infratuzilmasiga – depolar, stansiyalar va vagonlarga uzluksiz hujum qilmoqda.

Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga Rossiyaning Ukraina-Polsha chegarasi yaqinidagi zarbalari "Putinning to‘g‘ridan to‘g‘ri Yevropa Ittifoqi va NATO eshiklarini taqillatayotgan terrori" ekanini ta’kidladi. "Rossiya varvarlari allaqachon darvozalaringizda, qadrli hamkorlar", — dedi Sibiga. U Yevropa davlatlarini "o‘z sanksiyalarining butun kuchini Putinning tajovuzkor rejimiga qarshi" ishlatishga, jumladan, to‘liq savdo embargosi va rossiyaliklarning kirishini to‘liq taqiqlashga chaqirdi.

Rossiya mudofaa vazirligi Ukrainaning g‘arbiy hududlarida "Evropa mamlakatlaridan harbiy yuklarni tashishni ta’minlaydigan temiryo‘l infratuzilmasi ob’ektlari"ga zarbalar berilganini bildirgan.

Kiritildi: 12:15 14.09.2026. O'qildi: 1294 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!