Bugun 27 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiya va Ukraina mojaro bo‘yicha "diplomatik yechimga yaqin" — Putinning maxsus vakili

Rossiya va Ukraina mojaro bo‘yicha "diplomatik yechimga yaqin" — Putinning maxsus vakili

Rossiya prezidentining maxsus vakili va Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev bu haqda CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Ammo Dmitriyev "diplomatik yechim" sifatida aynan nima nazarda tutilayotganini aniq aytib o‘tmagan.

Putinning maxsus vakili, shuningdek, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning hozirgi front chizig‘ida o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini bildirgan bayonotini "katta qadam" deb baholagan.

"Bilasizmi, uning avvalgi pozisiyasiga ko‘ra Rossiya Ukrainadan to‘liq ketishi kerak edi. Shuning uchun, menimcha, biz ishlab chiqishimiz mumkin bo‘lgan diplomatik yechimga ancha yaqinmiz", – dedi Dmitriyev.

Ma’lumot uchun, Kirill Dmitriyev AQShga 24 oktyabr kuni yetib bordi. Axios ma’lumotlariga ko‘ra, Dmitriyev bugun, 25 oktyabr kuni AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan uchrashadi.

Kiritildi: 17:26 26.10.2025. O'qildi: 518 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!